Bektemir yoshlari tengsiz!

timeicon 27-05-2024

Poytaxtimizda taekvondo WT boʻyicha 15-"Baek Mun Jong" anʼanaviy xalqaro chempionatida kattalar, yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida kyorugi hamda barcha yosh toifalarida "pumse" yoʻnalishidagi bellashuvlar boʻlib oʻtdi.

Chempionatda dunyoning turli burchaklaridan, xususan, Rossiya, AQSh, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlarning 1000 ga yaqin sportchilari bahs olib borishdi.

Quvonarlisi unda Bektemir tumani 291-maktab 8-sinf o'quvchisi Ozodova Jasmina faxrli 3-oʻrinni egallab, yurt sha'nini munosib himoya qildi.

Taqdirlangan sportchimizni Bektemir tumani hokimligi nomidan tabriklaymiz.

 Bizni kuzatishda davom eting!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech