Hokimlik matbuot xizmatining asosiy vazifalari

Hokimlik matbuot xizmatining asosiy vazifalari
timeicon 2021-11-16

Tuman hokimligi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

Tuman hokimligining rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtiradi va oʼz vaqtida yangilab boradi, Internet tarmogʼidagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobilь tarmoqlarni rivojlantiradi;

ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, tuman hokimligining rahbarlari ishtirokidagi tadbirlarni tashkil etadi va oʼtkazadi;

OАV va jurnalistlarning soʼrovi asosida ularga ogʼzaki, yozma va elektron hujjat shaklida axborot taqdim etadi;

Ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar monitoringini olib boradi;

Tuman hokimligining boshqa boʼlinmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OАVda tarqatish uchun xabar, axborot-maʼlumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi;

Tuman hokimligining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar maʼlumotlar bankini shakllantiradi va yuritadi.

Tuman hokimligi faoliyatiga doir masalalar boʼyicha jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini oʼrganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshiradi;

OАV bilan axborot-maʼlumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun tuman hokimligi faoliyatining asosiy yoʼnalishlari boʼyicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan maʼlumotlar banki tashkil etilishi va yuritilishini taʼminlaydi;

Tuman hokimligi faoliyatini eng toʼliq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy OАV hamda jurnalistlar bilan oʼzaro hamkorlikni amalga oshiradi;

Tuman hokimligining veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritishni taʼminlaydi;

Tuman hokimligi tomonidan tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini taʼminlaydi;

Tuman hokimligi faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OАV bilan oʼzaro hamkorlik qiladi;

Tuman matbuot xizmati oʼz vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda OАVning tuman hokimligi faoliyati toʼgʼrisidagi materiallarni tayyorlashda koʼmaklashish toʼgʼrisidagi buyurtmanomalari va soʼrovlarini koʼrib chiqadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech