Boshqaruv apparati oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʼzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va hokimning hujjatlariga amal qiladi.
Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xoʼjalik jihatidan taʼminlaydi, xalq deputatlari tuman Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.
Boshqaruv apparati xalq deputatlari Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar koʼrsatilishini taʼminlaydi.
Boshqaruv apparati oʼz faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi.
Boshqaruv apparati oʼziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining tegishli xizmatlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar hokimligi, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorlik qiladi.
Hokimning Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Oʼzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Qonunida va Oʼzbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda taʼminlash;
Yangihayot tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy koʼrsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional oʼzgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq Yangihayot tumanini kompleks rivojlantirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish; Yangihayot tumanida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda tarkibiy oʼzgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida, Toshkent shahar miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini taʼminlash;
tumanning makroiqtisodiy koʼrsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat koʼrsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini taʼminlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish oʼrinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subventsiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx konʼyukturasini oʼrganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni oʼzlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini taʼminlash boʼyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
inson manfaatlarini taʼminlash, aholining hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul toʼlovlarini oʼz vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish.
yoshlar, yaʼni oʼttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, taʼlim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
taʼlim tizimining barcha bosqichlarida oʼquv jarayoni sifatini, oʼquvchi-talabalarning davomatini taʼminlash yuzasidan aniq choralarni koʼrish va nazorat qilish, bu borada taʼlim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni oʼzaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;
aholiga ijtimoiy xizmat koʼrsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan bahramand boʼlish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga koʼtarish boʼyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
aholi oʼrtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlari, keng koʼlamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targʼibot va tashviqotini tashkil qilish;
aholining maʼnaviy muammo va ehtiyojlarini oʼrganib borish asosida hududda maʼnaviy muhit sogʼlomligini taʼminlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar barcha tashkilotlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;
hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka daʼvat etish, yoshlarda yot gʼoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targʼibot tizimini yoʼlga qoʼyish;
aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik maʼrifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;
aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insof diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targʼib qilish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining oʼrni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
mamlakatda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish;
Yangihayot tumanining subventsiya olishini qisqartirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, oʼzaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taʼminlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik subʼektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini taʼminlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining masʼuliyatini oshirish boʼyicha tizimli ishlarni tashkil etish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investitsiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yoʼl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, yangi ish oʼrinlari tashkil etish va bandlikni taʼminlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;
hudud iqtisodiyotining raqobat bardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qoʼllab-quvvatlashni kuchaytirish, tadbirkorlik subʼektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama ragʼbatlantirish boʼyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish;
aholi bandligini taʼminlash boʼyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish oʼrinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish;
qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstrimal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʼliq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;
rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʼtkazish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli taʼsirini kompleks baholash.
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari, Toshkent shahar hokimining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining tegishli xizmatlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʼzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʼrinbosarlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, Toshkent shahar hokimi, uning oʼrinbosarlari, Yangihayot tuman hokimi va uning oʼrinbosarlari topshiriqlari boʼyicha tegishli tahliliy, maʼlumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasiga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Toshkent shahar hokimiga koʼrib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari Kengashi va hokim tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʼtkazilishini taʼminlaydi;
Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlari, Yangihayot tuman hokimining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini taʼminlash boʼyicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal etish hamda Yangihayot tumanini, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning oʼrinbosarlariga taqdim etadi;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Toshkent shahar hokimi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Yangihayot tuman hokimi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi boʼyicha tegishli tizimlangan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yigʼilishlari, hokim va uning oʼrinbosarlari ishtirokida oʼtkaziladigan yigʼilishlar va boshqa tadbirlar oʼtkazilishini taʼminlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
hokimning mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari boʼyicha hisoboti xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi tomonidan eshitilishini tashkil qiladi;
hokimlikning ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʼrib chiqadi;
maxfiylik rejimini, davlat sirlari boʼlgan maʼlumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini taʼminlaydi;
xalq deputatlari Kengashi va hokimlikning faoliyati toʼgʼrisida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.
Boshqaruv apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.